Samarqand davlat universitetida "Xayr jonajon litseyim, salom kelajagim!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Unda universitet professorlari, litsey o‘qituvchilari, bitiruvchi yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan SamDU prorektori A. Soliyev, litsey direktori A. Umarov bitiruvchilarni tabriklab, ularning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishida zafarlar tiladi.
- Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida litseylarda “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalari joriy etilgan, - dedi litsey direktori A. Umarov.  - Litseyimizda ham 10 nafar o‘quvchi ushbu prezident stipendiyasi bilan taqdirlandi. Ushbu stipendiya nizomiga asosan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, ma’naviy va marifiy ishlarda faol ishtirok etgan yoshlarga beriladi.

Joriy yilda mazkur litseyni 213 nafar o‘quvchi bitirdi.