Samarqand forumi yoshlarga, O‘zbekistonga nima beradi?

AOKA zalida yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha Samarqand forumi tashkil etilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu savol o‘rtaga tashlandi.

Akmal Saidov:

— Bu forumning beshta natijasi bo‘ladi deb ayta olaman:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda xalqaro darajadagi muhim qadam bo‘ladi.

Ikkinchidan, O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosatining tendensiyalari, natijalarini butun dunyo afkor ommasiga ko‘rsatish bo‘ladi.

Uchinchidan, yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasini maromiga yetkazishda muhim poydevor bo‘ladi. Chunki Forumda Amerika, Osiyo, Afrika, Yevropa va Avstraliya qit’asidan ishtirokchilar qatnashadi, ular loyihaga o‘z munosabatlarini bildirishadi.

To‘rtinchidan, ushbu tadbir O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Beshinchidan, O‘zbekiston yoshlari birinchi marta xalqaro norma ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etadi.