Samarqand ko‘chalarida o‘zbek tili qoidalariga zid reklama vositalari olib tashlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida" Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida"gi Qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand viloyatida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, M-37 xalqaro magistral yo‘lining Ishtixon tumanidan o‘tuvchi qismi viloyat va tuman mutasaddilari bilan o‘rganilganda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, ma’lum muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bu kabi ishlar viloyatda muntazam olib borilmoqda.