Samarqand koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinda
🔺 27 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 285 339 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
💉 1-bosqich emlanganlar 125 911 nafarni,
💉 2-bosqich emlanganlar 109 527 nafarni,
💉 3-bosqich emlanganlar 49 901 nafarni tashkil qildi.
❗️ Ayni kungacha mamlakatimizda jami 33 407 074 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
💉 1-bosqich emlanganlar 17 378 302 nafarni,
💉 2-bosqichda emlanganlar 10 581 810 nafarni,
💉 3-bosqich emlanganlar 5 446 962 nafarni tashkil qildi.
📊 Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
📌 Samarqand viloyati (56 499 doza),
📌 Farg‘ona viloyati (34 542 doza),
📌 Qashqadaryo viloyati (30 123 doza) band qildi.
❗️ Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 81 foizni tashkil qilmoqda.