Samarqand shahri va tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasidagi rekonstruksiya qilingan suv quvurlarini ulash ishlarini olib borish va Dahbet suv inshootini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash munosabati bilan Samarqand shahar Temiryo‘l va qisman Bog‘ishamol hududlari, Beruniy, Ipak yo‘li A va B turarjoy mavzelari, Gagarin ko‘chasi, Qorasuv mavzesining Obod maskan mahallasi hamda Samarqand tumanining shahar bilan yondosh hududlarida:

- 2020 yil 29 iyun kuni soat 23:00 dan 30 iyun soat 23:00 ga qadar ichimlik suvi uzatilishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.