Samarqand shahrida 1-3 noyabr kunlari «Samarkand Half» xayriya marafoni o‘tkaziladi
- 04.10.2019 10:03
- 224
- Samarqand
Loyihaning asosiy maqsadi – madaniyat va san’at ob’yektlarining imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yetarli darajada ochiqligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish.
Yarim marafonda 21, 10 va 2 kilometr masofalarga yugurish rejalashtirilgan.
Marafonda ishtirok etish badallaridan tushgan mablag‘ Toshkentdagi teatrlardan birida ko‘zi ojiz insonlar uchun tiflosharhlash yordamida spektakl sahnalashtirish uchun sarflanadi.
Siz ham yarim marafonda ishtirok eting va xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing!
Ro‘yxatdan o‘tish: samarkandhalfmarathon.uz
Telegram: @samarkandhalfmarathon