Samarqand shahrida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan ko‘p qavatli uy aniqlangan
Qonunbuzarlik oqibatida 754,1 mln. so‘mlik tabiiy gazdan foydalanilgan.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan soha xodimlari bilan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Unga ko‘ra, “S.B.” MChJ mas’ul shaxslari Ozod Sharq ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joyda 26 dona isitish qozonlari hamda 25 dona PG 4-gaz jihozlarini gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan. Oqibatda 754,1 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.