Samarqand shahrida moliyaviy piramida tashkil etgan MChJ aniqlandi
- 18.11.2023 12:56
- 366
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MChJni tashkil etib, jismoniy shaxslarning mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan jalb etgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar “lnstagram” ijtimoiy tarmog‘ida oldindan 20 foiz to‘lov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki to‘lov sifatida jami 479 mln. so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
- 2 soat avval
- Samarqand
Behbudiy nega Hajga otlangan edi?
- Kecha, 17:39
- Mutolaa