Samarqand shahrida o‘tkazilgan reydda noqonuniy yo‘lovchi tashuvchi “Damas”lar ushlandi
- 18.07.2019 18:32
- 550
- Samarqand
O‘zbekiston transport vazirligi Samarqand viloyat transport boshqarmasi va viloyat IIB YHX boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahrida noqonuniy odam tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari haydovchilarini aniqlash va choralar ko‘rish bo‘yicha qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB YHX boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Reyd davomida bugun, 18 iyul kuni 5 ta noqonuniy yo‘lovchi tashuvchi “Damas” aniqlanib, avtomashinalar jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Bundan tashqari 12 ta sariq rangli taksi avtomashina haydovchilarining transport vositalari nosozligi, sanitariya gigiyena talablariga javob bermasligi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, litsenziya varaqalari 10 kun muddatga to‘xtatildi. Shuningdek, 2 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobusda ham shu kabi kamchiliklar aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!