Samarqand shahrida qayta ta’mirdan chiqqan “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev hamda viloyat, shahar va tuman faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan keksalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, ularni ijtimoiy himoyalash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish, salomatligini saqlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berilganligi, doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidlandi.
Mazkur binoda mehnat faxriylarining madaniy hordiq olishi uchun shaxmat-shashka o‘ynash maydoni, kitob mutolaa qilish uchun mo‘’jaz kutubxona tashkil etilgan.
Shuningidek, tadbirda 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan viloyatimizda istiqomat qilayotgan bir qator namunali oila vakillariga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi.