Zebiniso Shodiyeva “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Farg‘ona viloyatida “Central Asia – 2025: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda turli davlatlardan kelgan kutubxona sohasi vakillari o‘z mamlakatlaridagi ilg‘or tajribalar, sun’iy intellektni axborot tizimlariga tatbiq etish, kutubxonachi mutaxassislarni tayyorlashda oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik, virtual o‘quv muhitining imkoniyatlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan tajriba almashdilar.
Konferensiyaning birinchi kuni yakunida Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Zebiniso Shodiyeva axborot-kutubxona sohasida samarali faoliyati, yosh avlodni ma’naviy yuksaltirish yo‘lida ko‘rsatgan tashabbusi va "Ustoz-shogird" an’analarini rivojlantirishdagi hissasi uchun “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.