Samarqand shahrida tadbirkorning 231 mln. so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirgan sobiq operatorga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.G. “R.n.” MChJning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln. so‘mlik dizel va benzin yoqilg‘isini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.