Samarqand shahrida xonadon egasining uyi yonib ketdi

2021 yilning 17 sentyabr kuni soat 01:59 da  Samarqand shahar “Azizon” MFY Chorbog‘ ko‘chasi 1-yo‘lak 3-uyda yashovchi 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro uy egasi S.T.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tezkor xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga Samarqand shahar FVB YoQQlardan 4 ta yong‘in o‘chirish mashinasi va 1 ta Kamaz soat 02:11da yetib bordi. Yong‘in soat 03:15 da to‘liq bartaraf etildi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in yon atrofida mavjud qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishining oldi olindi.    

Yong‘in natijasida yashash uyining 150 m2 maydonda uy jihozlari to‘liq yonib  zararlangan.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi hozirda aniqlanmoqda.

J.Lapasov,

Samarqand shahar FVB inspektori, leytenant.