Samarqand shahrida yo‘lovchining yonidan salkam yarim kilogramm "opiy" chiqdi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat davlat xavfsizlik boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida giyohvand moddalar noqonuniy muomalasining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir chog‘ida fuqaro M.Sh. ko‘chada ketayotganida to‘xtatilib, uning qo‘lidagi qora rangli paket ko‘zdan kechiriladi. Paket ichidan sof og‘irligi 490,13 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.