Samarqand shahridagi «Biznes sentr» besh yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilish bayonida belgilanishicha, Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydonidagi “Biznes sentr Samarqand” aksiyadorlik jamiyatining ma’muriy binosini 14 qavatdan 7 qavatgacha kamaytirish orqali besh yulduzli mehmonxona barpo etiladi. Buning uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda Samarqand viloyati hokimligiga vazifalar topshirildi.