Yashash imkonsiz tuyuladigan botqoqlarda yashayotgan odamlar

Sayyoramizda o‘ziga xos ekotizimga ega suzib yuruvchi botqoqliklar mavjud. Shuningdek, og‘ir sharoitlarga qaramay yashash, ishlash va sevish mumkinligini isbotlaydigan odamlar ham bor. Nilotlar - sayyoradagi eng katta botqoqdan uy topgan va uni hech narsaga almashtirmaydigan odamlar bunga misol bo‘la oladi.

Gretsiya kattaligidagi botqoq. Faqat sharoblar va zaytunsiz

Janubiy Sudanda joylashgan dunyodagi eng katta botqoq - Sudd Nilotlar uyidir. Uning miqyosi hayratlanarli: yomg‘irli mavsumda botqoqlik maydoni 130 ming kvadrat kilometrdan oshib ketishi mumkin - bu Gresiya kabi davlatning deyarli butun hududi bilan teng.

Bu yerda, albatta, siz osongina juda tajovuzkor va xavfli timsoh yoki begemotga duch kelishingizbyezgak chivinlari to‘dasining changaliga tushib qolishingiz mumkin. Sudd har yili o‘zgarib turadi, chunki Nil daryosi toshqinlari o‘t va chim palaxsalaridan iborat noyob suzuvchi orollarni yaratib, uning hajmini oshiradi.

Orollar kengligi 30 kilometrga yetishi mumkin. Bunday paytda siz sivilizasiyadan uzilasiz - bu yerdan chiqish juda qiyin va hatto hayot uchun xavfli. Bunday orol oylar davomida aylanib yurishi mumkin, keyin to‘satdan yana quruqlikning bir qismiga aylanadi. Bu yerda tabiat har doim harakatda va ertaga nima bo‘lishini hech kim oldindan aytolmaydi.

Ko‘p yillar davomida Afrika bo‘ylab yo‘qolib borayotgan tillar tadqiqotini o‘tkazgan bitilshunos mahalliy gid bilan qishloqqa borganida butadan tushgan tomchi uning terisiga tegib ketdi. Shundan so‘ng u dahshatli tropik bezgak bilan kasallandi. Bemor uch hafta davomida davolanganidan so‘ng arang tirik qoldi, hatto voqeadan keyin ham olti oy davomida ham u jismoniy zaif edi.

Nilotlar... ular kimlar?

Nilotlar o‘zini xalq deb ataydi, biroq bu atama tushuntirishni talab qiladi. Misr, Sudan va Efiopiyaning bir qismi kabi mamlakatlarni qamrab olgan Nil daryosining yuqori va o‘rta havzalarida yashaydigan nilotlarning umumiy soni 10 million kishidan iborat.

Inson uchun jahannam, tabiat uchun jannat

Atrofda suv ko‘p, lekin siz uni icholmaysiz. Chunki u parazitlar bilan to‘lib-toshgan. Suv olish uchun nilotlar bir nyecha kilometr masofani bosib o‘tadi va oilalarini boqish uchun yovvoyi hayvonlarni ovlaydi.

Sudd kabi noyob ekotizimda 100 ga yaqin hayvonlar va 400 ga yaqin qushlar, jumladan timsohlar, begemotlar, kaltakesaklar, ilonlar va hatto noyob antilopalar yashaydi. Biologlar bu joyni biologik xilma-xillikning xazinasi deb bilishadi, ammo odamlar uchun bunday yashash sharoitlari haqiqiy sinovdir.

Yo‘sin ustidagi hayot

Nilotlar kulbalari bu hududda topilishi mumkin bo‘lgan qamish, loy va hatto go‘ngdan qurilganVaqti-vaqti bilan suv ostida qolib ketadigan "Yo‘sin qoplagan do‘ngliklar" poydevor vazifasini bajaradi. Shu sababli nilotlar har necha yilda o‘z uylarini yangi joyga ko‘chirishadi.

Chorvachilik nilotlar uchun shunchaki oddiy ish bo‘lmasdan, sigirlar nafaqat go‘sht yoki sut, balki... ularning ijtimoiy mavqeini belgilaydi. Uylanmoqchimisiz? Marhamat, sigirlarda to‘lang! Poda qanchalik katta bo‘lsa, qo‘shnilar nazaridasizham shunchalik boy ko‘rinasiz.

Botqoqlikda yashab, aqldan ozmaslik

Nilotlar o‘z hayotlaridan shikoyat qilmaydi. Ularning falsafasi oddiy: bu joy ularning uyi va ularga boshqa hech narsa kerak emas. Ular hukumatning botqoqni quritib, uni qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerga aylantirishga urinishlarini o‘zlarining mavjudligiga tahdid deb bilib, keskin qarshilik ko‘rsatib kelishadi.

Inson chidamliligining ramzi

Sudd shunchaki botqoq emas. Bu - sinov, kurash va nilotlar xalqi uni hech narsaga almashtirmaydigan vatan. Ularning hayoti, odam qanday qilib, hatto u mavjud bo‘lmasa-da, muvozanatni topa bilish mumkinligi tarixidir. Bu yerda hech qanday qahramonlik yoki sharafga intilish yo‘q faqat yashash uchun uzluksiz kurash bor. Ular chivin chaqsa, odam bir hafta davomida 40 harorat bilan yotib qolishi mumkin bo‘lgan botqoq ustida yashaydi va hatto katta baliq sizni suv ostida sudrab ketishi mumkin. Tasavvur qilyapsizmi? Ammo ular juda baxtli...

B.Muhammadiyeva tayyorladi.