Samarqand shahridagi ko‘z yosh to‘kayotgan ko‘chalar
Samarqand shahri temir yo‘l hududidagi Matonat MFYga qarashli Azimbekov, Matonat, Zafarobod va Matonat 2-tor ko‘chalari o‘z ahvolidan yig‘lab yuboryapti. Qanday deysizmi? Oddiygina, izillab.
Ko‘cha o‘rtasidan o‘tgan toza ichimlik suvi quvurining yoshini bilmaymiz. Aholi 30-40 yosh berib turibdi. Necha yoshga kirgan bo‘lsa ham, ichidan to‘kilib ado bo‘layapti. Nega, dersiz? Nega bo‘lardi, dardi ichida-da. Mutasaddi rahbarlar "ko‘ngil so‘rashsalar" balki yuragini ochib to‘kar. Yo‘qsa, bu ko‘cha izillab, tizillab yig‘layveradi.
Asliddin Mustafoyev.