Samarqand shahridagi mahallalar raislari diqqatiga! Qarzdorlikni kamaytirgan mahalla rag‘batlantiriladi
- 25.08.2019 09:45
- 96
- Samarqand
Samarqand shahrida aholi va ulgurji iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun mavjud debitor qarzdorlikni kamaytirish tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur tadbir davomida “Debitor qarzdorlikni kamaytirgan eng faol mahalla” tanlovi joriy etilib, g‘olib mahallalar “Suvoqova” davlat unitar korxonasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Samarqand viloyat “Suvoqova”
davlat unitar korxonasi.
Teglar:
mahalla