Samarqand shahridagi maktab 14 kunlik karantinga olingan
Bugun Zarnews.uz telegram kanalida Samarqand shahridagi maktablardan biri karantinga olingani haqidagi ma’lumot berildi.
Bu haqida shuni ma’lum qilamizki, joriy yil 7 aprel kuni Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilgan epidemiologik surishtiruv chog‘ida Samarqand shahridagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1 nafar o‘quvchisida COVID-19 kasalligi aniqlangan.
Shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2021 yil 8 apreldagi 5-sonli qaroriga asosan ushbu maktab 14 kun mobaynida faoliyatini onlayn olib borishi bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.