Samarqand shahridagi oliygohlarga qancha abituriyent hujjat topshirdi?

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilning 29 iyun holatiga ko‘ra, viloyatimizdagi 8 ta oliygohda bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan yigit-qizlarning umumiy soni 5785 taga yetgan.

Jumladan, Samarqand davlat universitetiga 3522 nafar, Samarqand davlat  tibbiyot institutiga 668 nafar, Samarqand davlat chet tillar institutiga 486 nafar, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 436 nafar, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 255 nafar,  Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga 194 nafar hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga 118 nafar va "Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 106 nafar abituriyent o‘qish istagini bildirgan.

Mazkur ta’lim shakli uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyulga qadar davom etadi.