Samarqand shahridagi Yoshlar markazida "Bilimlar festivali" bo‘lib o‘tmoqda
- 15.05.2019 11:23
- 253
- Samarqand

Festivalda "Bilimlar bellashuvi"ning shahar va tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 399 nafar 7 va 8-sinf o‘quvchilari taqdirlanadi. Yigit-qizlarga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining sertifikati va kitoblari topshirilmoqda. Shuningdek, g‘olib bo‘lgan yoshlar 10 kunlik yozgi oromgohlarga imtiyozli ravishda jo‘natiladi.
Bilimli o‘quvchilarga tantanali konsert dasturi ham namoyish etiladi.