Samarqand shahridagi Zarafshon ko‘chasida magistral ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari boshlandi
- 01.03.2021 16:12
- 131
- Samarqand
Bugun viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari mazkur hududda bo‘lib, tarmoqning avtomobillar harakatlanishiga xalaqit bermasligi, kelgusida qurilish-bunyodkorlik ishlarini olib borish jarayonida noqulayliklar tug‘dirmasligi holatini muhokama qildi. Qator taklif va mulohazalarni bildirildi.
M-37 avtomobil yo‘lining Zarafshon shohko‘chasiga kirish qismidan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasiga qadar bunyod etiladigan mazkur tarmoq 2,2 kilometr masofani tashkil etadi. Tarmoqqa diametri 1000 millimetr bo‘lgan quvurlar tortilib, qurilish ishlarini “Maxsus suv qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati olib boradi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa