Samarqand tayanch tibbiyot kolleji va Urgut tibbiyot kolleji tibbiyot instituti huzurida texnikum sifatida qayta tashkil etiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 78 ta tibbiyot kollejlari negizida o‘rta professional ta’lim bosqichida – 59 ta kollej, o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida – 16 ta texnikum ochiladi. Qolgan uchta kollej faoliyati esa tugatiladi.
Ushbu texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Tibbiyot yo‘nalishida 2020/2021 o‘quv yilida tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati quyidagi tartibda bo‘ladi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida: 1-Respublika tibbiyot kolleji, Siyob tibbiyot kolleji, Nukus-1 tibbiyot kolleji, Denov tibbiyot kolleji hamda 2-Marg‘ilon tibbiyot kollejlari;
Pediatriya tibbiyot instituti huzurida: 2-Respublika tibbiyot kolleji, Shahrisabz tibbiyot kolleji, Namangan-1 tibbiyot kollejlari;
Stomatologiya instituti huzurida: Qarshi tibbiyot kolleji va Urganch tibbiyot kolleji;
Buxoro tibbiyot instituti huzurida: Buxoro tibbiyot kolleji va Qorako‘l tibbiyot kollejlari;
Samarqand tibbiyot instituti huzurida; Samarqand tayanch tibbiyot kolleji va Urgut tibbiyot kolleji;
Andijon tibbiyot instituti huzurida: Andijon tibbiyot kolleji va Bo‘z tibbiyot kollejlari texnikum sifatida qayta tashkil etiladi.