Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanma oldi

27 may kuni Xitoyda “Rail Vehicle Technology Skill Competition” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning yopilish marosimida rasmiy natijalar e’lon qilindi.

Mazkur musobaqada Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari – Qodirjon Nosirov va Sherbek Eshonqulov (O‘zbekiston jamoasi) xalqaro darajadagi nufuzli bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu orqali ular “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqada jami 40 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 25 tasi saralash bosqichiga o‘tdi, jumladan 4 ta xalqaro mehmon jamoa, ularning orasida O‘zbekiston vakillari barqaror yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Bu yutuq O‘zbekiston kasbiy ta’limi tizimining jadal rivojlanayotgani va yoshlarimiz jahon andozalariga mos raqobatbardosh salohiyatga ega ekanining amaliy isbotidir.