Samarqand tibbiyotida yana bir yo‘qotish – Gulnora Jo‘rayeva olamdan o‘tdi
Tajribali shifokor, Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘ruqxona bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva olamdan o‘tdi. Gulnora Jo‘rayeva 1964 yilda Samarqandda tug‘ilgan.
Gulnora Ergashevna uzoq yillar davomida Samarqanddagi turli tug‘ruq majmualarida oddiy ginekologlikdan to bosh shifokor lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda mehnat qilib kelgan. Shuningdek, G.Jo‘rayeva bir necha yil davomida Samarqand viloyat kengashi deputati sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatgan.
Gulnora Jo‘rayevaning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga saytimiz jamoasi nomidan ta’ziya izhor etamiz.