Samarqand – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 28 apreldan 1 maygacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
Samarqand, soat 11:09 — Toshkent, soat 13:19
- 768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
Toshkent, soat 13:40 — Samarqand, soat 15:48
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘yilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o‘tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.