Samarqand tumanida bir-biriga tutash bo‘lgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi 

Bugun, 6 noyabr kuni soat 07:30da Samarqand viloyati Samarqand tumani «Qoziqo‘rg‘on» MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.  

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in 08:08da qurshab olingan va soat 08:58da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zaralangan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.