Samarqand tumanida IIB xodimi 6 yilga qamaldi

Jasurbek (ismi o‘zgartirib keltirilgan) 2017 yil iyulida yo‘lda velosipedda ketayotgan bolani avtomobilda urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan jinoyatchini topishi kerak edi.

Gumondorlar orasida “Gaz-2788837” rusumdagi avtomobil egasi Uchqun (ismi o‘zgartirilgan) ham bo‘lgan.

IIB xodimi “kelisholsak, tergov-surishtiruv hujjatlarini qayta yozish hisobiga sizni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkin”, deb 500 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.

Uchqun “nimaga endi yemagan somsaga pul to‘lashim kerak ekan”, degan fikrga borib, tegishli idoralarga murojaat qilishga ahd qilgan, deb yozadi maqola muallifi.

Sud poraxo‘r IIB xodimi ustidan tegishli moddalariga ko‘ra 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etgan holda 6 yil qamoq jazosini qo‘lladi.