Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida Novvot sayli o‘tkazildi

Samarqand tumani Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi “Nodir Devon Begi” madrasasida “Sharq shirinliklari” shiori ostida Novvot sayli bo‘lib o‘tdi.

Sayilda mahalliy hamda xorijiy sayyohlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida milliy hunarmandchilik, shirinliklar, non va non mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari hamda turli xildagi novvot mahsulotlari namoyish etildi.

Taniqli san’atkorlar tomonidan  ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.