Samarqand tumanida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazadi

2019 yil 6 dekabr kuni “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Dildora Kucharova Samarqand tumani davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati tomonidan 2019 yil 5 iyulda tasdiqlangan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi rahbariyatining 2019 yil II yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul qilish jadvali”ga muvofiq o‘tkazilayotgan tadbir soat 10:30 da boshlanadi.

Mo‘ljal: Samarqand tumani, Gulobod qo‘rg‘oni.

Ma’lumot uchun telefon: (0366) 612-51-50.