Samarqand tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
- 19.05.2022 11:21
- 445
- Hodisa

Bugun, 19 may kuni Samarqandda bir-biriga tutash 5 ta xonadonda yong‘in bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 03:51 da Samarqand tumani Jo‘yisoy mahallasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va «KamAZ» yordamchi avtomashinasi jalb etilgan. Yong‘in chiqayotgan joyga soat 04:06 da yetib borilgan va soat 05:38 da yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida 5 ta xonadonning taxminan 490 metr kvadrat maydondagi shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand