Samarqand tumanida tabiiy gaz bo‘yicha 9,2 milliard so‘mlik debitor qarzdorlik asossiz va noreal deb topilgan
- 13.09.2019 15:29
- 185
- Samarqand
O‘tgan davr mobaynida Samarqand tumanida elektr energiyasidan 64,4 milliard, tabiiy gazdan 46,1 milliard, ichimlik suvidan 297 million va maishiy chiqindilardan 478 million so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgan.
Viloyat majburiy ijro byurosi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, tabiiy gaz bo‘yicha belgilangan 46,1 millard so‘mlik debitor qarzdorliklar o‘rganilgan. Natijada 10,5 millard so‘mlik qarzdorlik 2017 yilning aprel oyida “Samarqandtumangaz” filiali tomonidan asossiz deb topilib, iste’molchilarning shaxsiy hisob-raqamlaridan chiqarilgan.
Shuningdek, 12,6 milliard so‘mlik debitor qarzdorliklar uzoq yillar davomida tabiiy gaz yetib bormaydigan mahallalardagi iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, 9,2 milliard so‘mlik debitor qarzdorlik asossiz va noreal deb topilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa