Samarqand tumanidagi uchta maktab PISA tadqiqotida ishtirok etadi

Yurtimizning 2030 yilgacha xalqaro baholash dasturlarida uzluksiz ishtirok etishi va dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishi uchun zarur ishlar amalga oshirilyapti. Xalqaro PISA tadqiqotlari ana shunday muhim jarayonlardan biri.

PISA 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur bo‘lib, Samarqand tumanidan mazkur tadqiqotlarda ishtirok etish uchun uchta maktab tanlab olingan.

Kecha, 22 aprel kuni O‘zbeksiton Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Ulug‘bek Toshkenboyev, Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari G‘.Boboxolov ana shunday maktablardan biri - 52-umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. Mazkur tadqiqotlarda ishtirok etayotgan ta’lim muassasalari rahbarlari hamda jarayonga mas’ullar bilan suhbatlashib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.