Samarqand va Farg‘ona viloyatlari delegatsiyalarining Vengriyaga amaliy safari tashkil etildi

Safar davomida Vengriya sayyohlik agentligi rahbariyati bilan kechgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston hududlarining turizm salohiyati, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli investitsiya loyihalari hamda venger biznesi uchun o‘zaro manfaatli dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazilgan.

Muzokaralar yakunlarida tomonlar O‘zbekistonga Vengriyadan sayyohlar oqimni ko‘paytirish, shuningdek, ushbu jabhadagi investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy kapitalni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Vengriya tomoni, shuningdek, ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyalarni Samarqand va Farg‘ona viloyatlariga biznes-missiya bilan yuborishga rozilik bildirgan.

Bundan tashqari, uchrashuvda Budapeshtning aholi gavjum joylarida O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha videolavhalarni yirik ekranlarda namoyishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olingan.

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur delegatsiyalarining Vengriyaga amaliy safari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Dunyo AA.