Samarqand va Navoiy viloyatining qator hududlarida noqulay tabiiy sharoitlarda ishlovchi xodimlarga ustama to‘lanadi

Bu bo‘yicha hukumat qarori bilan tegishli Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, viloyatimizning Nurobod, Navoiy viloyatining Uchquduq, Zarafshon shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi belgilandi.

Shaharlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib belgilanadi:
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining 0,5 foizi;
- 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining 0,75 foizi.