Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nega jim?

Keyingi kunlarda aholi tomonidan koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ortib borayotgani, test sinamalari olish yoki dori-darmon ta’minoti masalalarida turli fikrlar bildirilmoqda.
Tumanlarda infeksiyaga chalinganlar mavsum tufayli yanada ko‘payib bormoqda. Xo‘sh, bu vaziyatda viloyatimizda qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qanday ishlarni amalga oshirmoqda?
Bugun shu va boshqa masalalarda savollar ko‘paydi. Afsuski, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu masalada negadir hech qanday munosabat bildirmayapti? Vaholanki, karantin choralari kuchaytirilgan paytlarda ham bu masalada viloyat komissiyasi, boshqarma tomonidan brifing, matbuot anjumanlari o‘tkazilib, axborot berib borilayotgan edi. Bugungi vaziyatda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, mutaxassislar ko‘proq chiqish qilib, viloyatdagi vaziyat haqida aholiga ma’lumot berib borsa, odamlarni ogohlikka chorlasa bo‘lmaydimi?