Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Samarqand viloyati hokimligi va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Xitoyning Chjeszyan provinsiyasiga amaliy safari tashkil etildi.

Tashrif davomida Xitoyning Xanchjou shahrida mazkur hudud tadbirkorlari va yetakchi kompaniyalari vakillari uchun Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida har ikki tomon tadbirkorlari ishtirokida V2V shaklidagi muzokaralar ham o‘tkazildi.

Samarqand viloyati delegatsiyasi, shuningdek, Xanchjou shahridagi yetakchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Xitoyga tashrif davomida Samarqand viloyati delegatsiyasi Chjeszyan va Szyansu provinsiyalarining bir qator shaharlarida joylashgan sanoat zonalari faoliyatini ham ko‘zdan kechiradi.

Manba