Samarqand viloyati hokimining QARORI

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

          “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan QAROR  QILAMAN:

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi 2020 yil 21 oktyabr kuni soat 10:00 da chaqirilsin.

  1. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyevning 2020 yil 4 oktyabr kuni xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilgan saylov natijalari to‘g‘risidagi axboroti;

viloyat hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i A.Umarovning ehtiyojmand oilalar ro‘yxati (“temir daftar”) asosida ularga manzilli yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi hisoboti;

viloyatda banklar va soliq idoralari, mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda “mijozbay” hal etish ishlari samaradorligini oshirish va soliq idoralarining kunlik faoliyatiga “soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tizimni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil
28 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari haqida”gi SQ-48-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimining o‘ribosari X.Ochilovning hisoboti;

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati direktori U.Djurayevning viloyatda kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan hisoboti;

Oqdaryo tumani hokimi N.Sulaymonovning joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi to‘g‘risidagi xisoboti;

viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha hisoboti;

boshqa masalalar.

  1. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Viloyat  hokimi                                                        E.Turdimov

2020 yil 16 oktyabr