Samarqand viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari kotibiyati mudiri o‘zgardi
Avvalroq viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri Bahodir Sulaymonov boshqa ishga o‘tganligi xabar qilingandi.
Viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan ushbu vazifada Ahror Toshnazarov faoliyat boshlagan.
1986 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan A.Toshnazarov Samarqand qishloq xo‘jalik institutini fermer xo‘jaligini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Dastlabki mehnat faoliyatini 2009 yilda Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi devonxona mudiri vazifasidan boshlagan.
Boshqarmada turli lavozimlarda faoliyat yuritib, 2018 yildan viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisligiga o‘tkazilgan.
Tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatida ishlagan.