Samarqand viloyati Kengashining 25-sessiyasi boshlandi

Ayni paytda viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyani viloyat hokimi, Kengash raisi E.Turdimov boshqarmoqda.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- viloyat hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i A.Umarovning “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi kompleksining “Investitsiyalarni jalb qilish, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda investitsiya loyihalarini amaliyotga keng tadbiq etish ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;

- Qo‘shrabot tumani hokimi H.Oqbo‘tayevning “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti;

- boshqa masalalar.