Samarqand viloyati Kengashining 95-sessiyasi 26 yanvar kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 19 yanvarda qabul qilgan «Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida»gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasi 2024 yil 26 yanvar kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F.Boltayev hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevlarning hisobotlari;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarovning 2023 yil to‘rtinchi chorak yakuni bo‘yicha viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’yektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024 yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida;
- Samarqand viloyatida 2023-2024 yillarda sement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2023 yil to‘rtinchi chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil birinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.