Samarqand viloyatida 6 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi
Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 52 nafar va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar hamda Samarqand viloyatida 6 nafar, jami 74 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi.
Shunday qilib, endilikda poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 3437 holatda kasallik qayd etilishi barobarida 2198 nafar bemor sog‘aydi. Ayni paytda shifokorlarimiz poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 1228 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.
Samarqand viloyatida esa 397 holatda kasallik aniqlangan bo‘lsa, shundan 378 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. Hozirda viloyatda 17 nafar bemor davolanmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakatimizda 5855 nafar kasallikka chalingan bemorlarning 4273 nafari sog‘aydi. Shifokorlarimiz mamlakatimizning o‘nta xududidagi davolash muassasalarida koronavirus infeksiyasidan qiynalayotgan bemorlarimizga kerak muolajalarni ko‘rsatishmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.