Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 4 taga ko‘paydi
🔺2020 yil 30 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3513 (+25) nafarni tashkil etmoqda.
🔴 Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari esa Namangan viloyatidan, jami 8 nafar aholi orasida qayd etildi. 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 may kuni 2 nafar Rossiyadan, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi “Guliston” chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi.
❗️Ayni paytda yurtimizda 2728 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
❗️Hozirda mamlakatimizda 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.