Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan 15 nafar bemor sog‘aydi
Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik.
Shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda.
Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga yetdi.Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi.