Samarqand viloyatida mehnat migrantlariga 450 ta xonadon ajratiladi
- 03.01.2020 15:55
- 390
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratish belgilangan.
Ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 210 ta
2. Andijon viloyati – 420 ta
3. Buxoro viloyati – 240 ta
4. Jizzax viloyati – 120 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 300 ta
6. Navoiy viloyati – 60 ta
7. Namangan viloyati – 300 ta
8. Samarqand viloyati – 450 ta
9. Surxondaryo viloyati – 270 ta
10. Sirdaryo viloyati – 90 ta
11. Toshkent viloyati – 180 ta
12. Farg‘ona viloyati – 420 ta
13. Xorazm viloyati – 240 ta
14. Toshkent shahri – 162 ta
Jami: 3462 ta.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa