Samarqand viloyatining gilam eksporti 6 million dollardan oshdi

Viloyatda gilam ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori natijalarga erishilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi. 2018 yilda umumiy qiymati 79,2 milliard so‘m bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 345 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu esa 2019 yilda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida 9 xorijiy davlatga 6,5 million AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 133,8 foizni tashkil etmoqda.