Samarqand xalqaro texnika universitetida talabalar sport klubi tashkil etildi
Samarqand xalqaro texnika universiteti (SIUT) hamda Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.
SIUT rektori Yusuf Abdullayev Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash Markazi vakillari bilan uchrashuvda universitet faoliyati, xalqaro professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim yo‘nalishlari, sportning qator turlari bilan shug‘ullanishga va talabalarning jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadigan SIUTning zamonaviy kampusi bilan tanishtirdi.
Markaz direktori O‘tkur Qurbonov:
- Bugungi uchrashuv va memorandumning imzolanishi Markazimiz va shaxsan, uning tarbiyalanuvchilari uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Biz ularga sifatli ta’lim berishimizda SIUT universiteti bilan hamkorlik bu masalaga albatta yechim bo‘ladi.
SIUT universiteti va Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi oliy toifadagi sportchi yosh yigit-qizlarni tayyorlash loyihasi doirasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikka asosan ish ko‘radi.
Tomonlaning qayd etishicha, memorandumning imzolanishi:
- Markaz sportchilarning bilim darajasini oshirish maqsadida SIUT professor-o‘qituvchilari xalqaro tajribasidan foydalanishga intiladi;
- har ikki tomon SIUT professor-o‘qituvchilar tarkibi ta’lim faoliyatining yuqori sifatini ta’minlashga intilishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
Tomonlar ta’lim va sport faoliyatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar:
- Markaz sportchilarini SIUT ga o‘qishga tayyorlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz tili va matematika fanlaridan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- ommaviy madaniy va sport tadbirlarini birgalikda o‘tkazish;
- istiqboli porloq, iqtidorli sportchilarni tayyorlashga ko‘maklashish, Samarqand turistik markazi qoshidagi eshkak eshish kanali imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun sharoit yaratish;
- zarur sport anjomlari bilan texnik ta’minlashga ko‘maklashish, qayiqxona (elling), baydarka, kanoe, akademik kemalar va boshqalar bilan ta’minlash.
Bundan tashqari, tomonlar talabalarning rivojlanishiga va kasbiy kamol topishiga yordam beradigan dasturlarni rag‘batlantirish va yanada yuksaltirishga kelishib oldilar.