Samarqandda 10 nafar bemor koronavirusdan soqit bo‘ldi

🔺2020 yil 29 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 (+184) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

⚫️Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

📊Bugun ayni paytga qadar:
📌Toshkent shahrida 248 nafar,
📌Toshkent viloyatida 106 nafar,
📌Andijon viloyatida 12 nafar,
📌Samarqand viloyatida 10 nafar,
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
📌Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
📌 Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

🟢Shunday qilib yurtimizda 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 2 928 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.