Samarqandda 100 dan ortiq tadbirkorga amaliy yordam berildi
Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi bir guruh tadbirkorlar elektr energiyasi iste’moli uchun oldindan to‘lov talabini bekor qilgan holda shartnoma tuzilishida amaliy yordam berishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
2023 yil 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmonda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga elektr energiyasi iste’moli uchun bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilinishi belgilangan.
Tadbirkorlarning murojaatlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida 118 nafar MChJning shartnoma varag‘i, shuningdek DK “Elektrhisob” dasturiga tegishli o‘zgartirish kiritilishi ta’minlangan holda elektr energiyasi iste’moli uchun bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilindi.