Samarqandda 18 kishi koronavirusga chalindi, 92 nafar bemor tuzaldi

Shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshdi, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda

2021 yil 18 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86982 (+302) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌3 nafari Andijon viloyatida,
📌1 nafari Buxoro viloyatida,
📌6 nafari Jizzax viloyatida,
📌1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌2 nafari Navoiy viloyatida,
📌3 nafari Namangan viloyatida,
📌18 nafari Samarqand viloyatida,
📌3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 59 nafari Toshkent viloyatida,
📌206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
📌Andijon viloyatida 28 nafar,
📌Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
📌Samarqand viloyatida 92 nafar,
📌Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
📌Toshkent viloyatida 32 nafar,
📌Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84307 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2037 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.